Talabalar uchun eng yaxshi joy qayerda?

Rivoyat qilishlaricha, Abu Ali ibn Sinodan bir mamlakat podshohi farzandi — yurt shahzodasiga taʼlim berishini soʻraydi. Ammo ibn Sino buni rad etadi. Aytadiki: “Ilm kelmaydi, ilmga boriladi!” Agar shahzoda oʻzi kelsagina taʼlim berishini aytadi…

Bunda juda chuqur maʼno bor. Insonni ilmga yetaklovchi maskanlardan biri kutubxonadir. Kimdir shaxsiy kutubxonasini boyitish uchun kitob tanlaydi, boshqa birov esa kitob oʻqish uchun joy tanlaydi. Kitob va kitobxonning diydorlashishi uchun eng yaxshi joy ham aslida kutubxona.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida ham talabalarni kitob va kitobxonlikka chorlash maqsadida yangi kutubxona va ARM tashkil qilingan. U yerda talabalar badiiy va mutaxassislikka oid o’zbek va jahon adabiyotlarini o’qishlari mumkin.