Talabamiz ERASMUS+ study stay grand sovrindori bo’ldi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialimizning 612-20 gurux 4-bosqich talabasi Boliboev Ramzbek G‘ulomjon o‘g‘li Slovakiya Respublikasining Milliy stipendiya dasturi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etib, ERASMUS+ study stay grand sovrindori bo‘ldi.

2024-yilning 12-fevraldan 15-iyunga qadar Slovakiya texnologiyalar universitetining Informatika va axborot texnologiyalari fakultetida Kompyuter tizimlari, Ma’lumotlar tuzilmalari va algoritmlari, Axborot xavfsizligi tamoyillari fanlaridan tahsil olib keladi.