TATU Fargʻona filiali Axborot xavfsizligi yo’nalishi bitiruvchi kurs talabalarining “Bitiruv oldi amaliyoti”da nazorat amalga oshirildi

“Axborot xavfsizligi” kafedrasi mudiri N.Ibroximov kafedra bitiruvchi kurs talablarini tashkilotlarga borib, tashkilot tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbarlari bilan suhbat o’tkazdi.
Talabalarga BMIni tashkilotda qo’llash hamda amaliy tajribalar olishi boʻyicha ko’rsatmalar berildi.

Tashkilotlarda biriktirilgan amaliyot rahbarlari tomonidan filial talabalari haqida ijobiy fikr-mulohazalar bildirildi.

Kelgusida tashkilotlar hamda TATU Fargʻona filiali o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi tuzishga kelishib olindi.

Amaliyot oʻtkazilyotgan tashkilotlarda bunday nazorat uchrashuvlari davom etmoqda.