«Job Fair 2024» da vakansiyalar bo‘yicha 30 nafar talabalar ishga joylashishdi va 375 nafar talabalar bilan amaliyot o‘tash bo‘yicha kelishuvga erishilib hamda 23 nafar talabalar haq to‘lanadigan stajirovkaga yo‘naltirildi.
TATU Farg‘ona filialida Karyera kuni tashkil etildi. Tadbirda 3 ta xorijiy kompaniya va 35 ga yaqin mahalliy kompaniyalar o‘zlarining 567 ta vakansiyalari hamda 473 ta stajirovka va amaliyot dasturlari bilan ishtirok etdi.
Talabalar uchun mahalliy kompaniyalar bilan B2B uchrashuvlar tashkil etildi hamda uchrashuvlar natijasida birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 70 nafardan ortiq talabalarning rezyumelari mahalliy kompaniyalar tomonidan qabul qilinib, ishga joylashish uchun keyinga bosqichga yo‘llanmalar berildi.
«Job Fair 2024» doirasida C2C uchrashuvlar natijasida 12 tadan ortiq soha korxonalari va mahalliy kompaniyalar bilan Memorandum imzolandi.