Tech4Impact” NNT va “Dasturiy inginiring” kafedrasi bilan xamkorlikda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Fargʻona filialida seminar-trening  tashkil etildi

Bugun Farg’ona viloyati miqiyosida ushbu Xalqaro “Technovation Girls” dasturi loyihasida ishtirok etayotgan yosh o’quvchi va talaba qizlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Fargʻona filialiga tashrif buyurdi.

Seminarda filialimizning barcha iqtidorli mentor talaba qizlari yosh o’quvchi qizlarga o’z maslaxatlarini va IT bo’yicha yordamlarini taklif etdilar. Ushbu tadbir Dasturiy injiniring kafedrasi katta o’qituvchisi M.Sodiqova va DIRIF xotin-qizlar dekan maslaxatchisi Z.Ermatova tomonidan tashkillandi.