“Touch Summit Startup Challenge” tanlovi boshlangani eʼlon qilindi

📣 “Touch Platform” kompaniyasi “Acrobator VC” va “Crosspring” fondlari bilan birgalikda IT Park Uzbekistan axborot koʻmagida €1 milliongacha investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatini beruvchi “Touch Summit Startup Challenge” tanlovi boshlanganini eʼlon qiladi

Tanlovda ishtirok etish uchun butun dunyo boʻylab B2B (yoki B2C) sohalarida faoliyat yuritadigan va sunʼiy intellekt va mashinali oʻqitish sohasida dasturiy taʼminot ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan startaplar taklif etiladi.

📥 Barcha tafsilotlar va roʻyxatdan oʻtish havolasi veb-saytda mavjud.