Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali professor-o‘qituvchilari ta’lim muassasalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq O‘sh texnologiya universitetiga rasmiy tashrif buyurdilar.
Uchrashuvda ikki tomonlama sheriklikni rivojlantirish, hamkorlikning istiqboldagi strategiyasini birgalikda ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilari o‘rtasida tajriba almashish, akademik mobillikni tashkil etish va ilm-fan sohasida aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘shTU rektori J.J.Tursunboyev, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor U.J.Mamytov, “Axborot texnologiyalari va menejment” kafedrasi mudiri A.J.Satyboyevga “TATU Farg’ona filialning faxriy professori” unvoni berildi.
Tashrif davomida universitetning moddiy-texnik bazasi va bugungi kundagi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.