Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Fargʻona filialida “Xon atlas” festivali haftaligi doirasida bir qancha tadbirlar tashkillandi.
Filial xotin-qizlar masalalari bo’yicha direktor maslahatchisi Z.Otaxonova tashabbusi bilan o’qituvchi va xodimlar, faol talaba-qizlar o’rtasida “Milliy liboslar millat yuzidir” shiori ostidagi tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbir soʻngida milliy liboslar tanlovi gʻoliblari aniqlandi.
🥇- o’rin KIF talabasi O. Xomidova
🥈- o’rin Sirtqi boʻlim talabasi N. Alikulova.
🥉- o’rin DIRIF talabasi D. Akbarova.
G’olib boʻlgan talaba-qizlar Tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.