Xon atlas festivali haftaligi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Fargʻona filialida «Xon atlas» festivali haftaligi doirasida bir qancha tadbirlar tashkillandi.

Filial xotin-qizlar masalalari bo’yicha direktor maslahatchisi Z.Otaxonova tashabbusi bilan o’qituvchi va xodimlar, faol talaba-qizlar o’rtasida «Milliy liboslar millat yuzidir» shiori ostidagi tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbir soʻngida milliy liboslar tanlovi gʻoliblari aniqlandi.

🥇- o’rin KIF talabasi O. Xomidova
🥈- o’rin Sirtqi boʻlim talabasi N. Alikulova.
🥉- o’rin DIRIF talabasi D. Akbarova.

G’olib boʻlgan talaba-qizlar Tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.