“Yangi O‘zbekistonda -inson huquqlari” mavzusida 6 soatlik nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialining O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi “Yangi O‘zbekistonda -inson huquqlari” maxsus kurs dasturida qo‘yilgan talablarga asosan 6 soatlik nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Kafedra dotsentlari G.Kochkarova, I.Rustamov, I.Tishabayeva, Sh.Xolmatov, assistent O.Inamovlar tomonidan 2023-yilning 1-5-dekabr kunlari quyidagi mavzularda ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi:

  1. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish modeli.
  2. Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari.
  3. O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari.
  4. Bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy va xalqaro normalar.
  5. O‘zbekistonda nogiron shaxslarning huquqlari,erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
  6. Yangi O‘zbekiston va demokratiya