2022-yil 16-iyun kuni Toshkent shahri O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O’zbekiston 24 telekanalida «Taraqqiyot formulasi» nomli ko’rsatuv suratga olish ishlari bo’lib o’tdi

Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali Axborot xavfsizligi kafedrasi assistenti Shaxrizod G’aniyeva ekspert sifatida ishtirok etdi.

Ko’rsatuvning ushbu maxsus soni Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimida olib borilayotgan ijobiy ishlar, erishilgan yutuqlar, talabalar va professor o’qituvchilarga hukumatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida bo’lib, unda Sh.G’aniyeva «Oliy ta’lim tizimidagi xotin-qizlarning AKT yo’nalishida erishgan yutuqlari hamda soha rivojiga qo’shayotgan hissalari» to’g’risida ma’ruza qildi.

«Taraqqiyot formulasi» ko’rsatuvining ushbu maxsus soni yaqin kunlarda O’zbekiston 24 telekanali orqali namoyish etiladi.