Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Farg’ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi «Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi» tomonidan talabalar o’rtasida is gazidan zaxarlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashini oldini olish, yong’in xavfsizligi talablari, isitish moslamalari, pechlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish va shoshilinch evakuatsiya qilish qoidalari bo’yicha maxsus tadbir tashkillandi.
Hududgaz aksiyadorlik jamiyati hokimiyat a’zolari bilan suhbat hamda amaliy mashg’ulotlari o’tkazildi.
Polkovnik Alimov Bekzod Botiraliyevich, Odinaxon Otajonova, Elyor Karimovlar talabalarga tavsiya va tushuntirish ishlari olib bordilar.



