«Axsikent-ochiq osmon ostidagi muzey»ga sayohat tashkillandi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axbarot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali «Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat bo’limi» hamda tyutorlar boshchiligidagi iqtidorli va tadbirlarda faol qatnashgan talabalar talabalar bilan, Namangan viloyati Axsikent hududida yashab o’tgan Boburiylar sulolasi tarixini o’rganish maqsadida «Axsikent-ochiq osmon ostidagi muzey»ga sayohat tashkillandi.

Sayohat davomida talaba yoshlarni vaqtini yanada unumli o’tkazish maqsadida Isoqxon to’ra Ibrat ziyoratgohiga va Afsonalar bog’iga ham tashrif buyurishdi.

Bu sayohatdan talabalar juda katta taassurot va ma’naviy ozuqa olishdi, o’zlarining tarixi bo’yicha yanada chuqur bilimlarga ega bo’lishdi.