Bektemir Meliqo‘ziyev TATU Farg‘ona filialida

O‘rta, ikkinchi o‘rta va yengil vazn toifalarida ishtirok etuvchi Professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev TATU Farg‘ona filialiga tashrif buyurdi.

Bektemir Meliqo‘ziyev tashrifi davomida talaba yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda talabalarga muvaffaqiyat yo‘li, ustozlariga ehtirom va vatanga sodiqlikni yoshlarga tavsiyalari hamda yutuqlari haqida so‘zlab berdi.

Uchrashuv so‘ngida TATU Farg‘ona filiali direktori Farrux Muxtarov tomonidan Bektemir Meliqo‘ziyevga Faxriy dotsent ulvonini hamda tashakkurnoma taqdim etdi va tashrif uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.