Butun jahon OITS ga qarshi kurashish kuni

Joriy yilning 1- dekabr sanasida TATUFF talaba yoshlar o’rtasida Butun jahon OITS ga qarshi kurashish kuni munosabati bilan seminar bo’lib o’tdi. Tadbirda Farg’ona shahar OITS markazi xodimi Rasulov Ulug’bek talabalarga kasallikning kelib chiqish tarixi, yuqish yo’llari va oldini olish chora tadbirlari davolash ishlari xaqida keng tushinchalar berib o’tdi.

Shuningdek OITS OIV nikohlanuvchi yoshlar o’rtasida ham aniqlanayotganligi kelajakda oila qurayotgan yosh kelin-kuyov uchun alohida ahamiyatga ega ekanini va kelgusida ko’plab achinarli holatlarni oldini olishda katta ahamiyat kasb etishini aytib o’tdi. Tadbir qiziqarli savol javoblar asosida yakunlandi.