Direktor yoshlar muammosiga befarq emas

Muhtaram prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan mazkur g’oya bugungi kunda yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoitlar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlar amalga oshirilishiga imkon yaratmoqda.

Direktorimiz va yoshlar o’rtasida tashkil etilgan muloqotlarda yoshlarning taʼlim va tarbiyasiga koʻmaklashish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning muammolarini oʻrganish va hal etish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan TATU Farg’ona filiali direktori, Farrux Muxtarov Farg’ona shahar Gulzor MFYda istiqomat qiluvchi Qodirov Muhammadkarimjon bilan uchrashdi. Muhammadkarimjonning holidan xabar olinib, suhbat uyushtirildi hamda qiziqishlaridan kelib chiqqan holda kompyuter savodxonlik kursiga yo’llanma berildi.