O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 iyuldagi 569-son qaroriga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab o‘qitishning kredit tizimi joriy etilgan. Ushbu tizim bo‘yicha fan tanlovlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Joriy yilning 14-15 iyun kunlari magistraturaning 2022-2023 o‘quv yili uchun mutaxassislik tanlov fanlar tarkibidan quyidagi fanlardan tanlovlar o‘tkaziladi:
7061100-Telekommunikatsiya injiniringi (Teleradioeshittirish) mutaxassisligi bo‘yicha:
- Tarmoqlarni optimallashtirish
 - Virtual tarmoqlar va tizimlar
 - IMS signal protokollari
 - Multimediyali aloqa tarmoqlari modeli
 - Nochiziqli dinamik tizimlar: modellashtirish, simulyatsiyalash va CNNga asoslangan kodlash
 - Video va audio signallarni raqamli qayta ishlash
 - Telekommunikatsiyada sun’iy intellekt
 - Telekommunikatsiya tarmoqlari ekspluatatsiyasi va xizmat ko‘rsatish
 - Multimediyali aloqa tarmoqlarini loyhalashtirish asoslari
 - Optik aloqa tarmoqlari texnik ekspluatatsiyasi
 - Videokuzatuv tizimlarini qo‘llash va loyihalash
 - Amaliy televidenie tizimlari
 
70610501 — Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalashtirish) mutaxassisligi bo‘yicha:
- Industrial ilovalar
 - Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari
 - Obektga yo’naltirilgan dasturlash metodlari
 - GAT va ilovalarini ishlab chiqish
 - Matematik modellar tadqiqi
 - Internet va jihozlar
 
Tanlovda ishtirok etuvchi professor-o‘qituvchilar fan materiallari va tanlovda qatnashishga ariza bilan kafedra mudirlariga uchrashish so‘raladi.
Tanlovda qatnashish uchun arizalarni qabul qilish muddati: 2022 yil 14 iyun soat 830 gacha.
Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, tanlovda ilmiy darajali va ilmiy unvonli o‘qituvchilargina qatnasha oladi.




