Fakultet dekani tomonidan ijarada yashovchi talabalarning xonadonlarini o’rganish ishlari davom etmoqda

TATU Farg’ona filiali Telekommunikatsiya injiringi va kasb ta’limi fakulteti dekani B.Daliyev hamda M.Meliqo’ziyevlar tomonidan Fargʻona shahar 51-Sohibkor MFY, Yaxshilik koʻchasida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlarning yashash sharoitlari oʻrganildi.

Oʻrganish davomida talabalarning yashash sharoitlari ko‘zdan kechirilib, mavjud holatlar o‘rganilmoqda. Xonadonlardagi isitish moslamalari talab darajasida ekanligini ko‘zdan kechirilib, gaz va elektr vositalaridan ehtiyotkorona foydalanish, is gazidan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.