✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialiga Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov tashrif buyurdi.
Vazir o’rinbosari S.Buzrukxonov davlat xususiy sherikchilik asosida barpo etilayotgan har biri 400 o’rinli bo’lgan 1 ta talabalar turar joyi binosi qurilish ishlari bilan tanishdi.
🖇 Oliygoh hamda “Mashʼal Plyus” MCHJ hamkorligida barpo etilayotgan talabalar turar joy binosi qurilish jarayonlarini kuzatdi. Loyihaning umumiy qiymati 23,734 mlrd. soʻm, shundan byudjet mablagʻlari 10,8 mlrd. soʻm boʻlib, bino joriy yilning iyul oyiga topshirilishi rejalashtirilgan. Hozirda binoning ichki pardoz, xonalar mebellar bilan jihozlash ishlari olib borilmoqda.