Ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

Konferensiya yalpi majlisida ta’kidlanganidek, aynan ta’limni raqamlashtirish tizimda sifatni oshiradi. Talabalarning o‘zlashtirish monitoringini yaxshilaydi, o‘qish jarayonini qiziqarliroq tashkillash, yangi ta’lim usullari va yondashuvlarini ishlab chiqishga yordam beradi.

Ilmiy-amaliy konferensiyada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali, QDPI, Namangan davlat universiteti, Islom Karimov nomidagi TDTU Qo‘qon filiali va viloyatimizdagi qator oliygohlarning professor-o‘qituvchilari, i2max (Janubiy Koreya) kompaniyasi taqdiqotchilari mavzuga oid ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Konferensiya doirasida ta’limda raqamli texnologiyalarning o‘rni, bulutli yechimlar, raqamli texnologiyalar orqali jamiyatning yetakchi sohalarini rivojlantirish masalalari keng muhokama qilinib, ma’lumotlar va tajribalar almashildi.