Inson qadri ulug‘ – xotirasi muqaddas

Vatanparvarlik oyligi doirasida  7-may kuni TI va KT fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan Marg’ilon shahridagi vatanimiz qahramoni “Boburjon G’aniyev uy muzeyiga” tashrif buyurilib uning onasi bilan talaba yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Suhbat davomida talabalarga qahramonimiz onasi M.G’aniyeva tomonidan 2000-yilda bo’lib o’tgan Sarosiyo voqealari hamda o’g’lining vatan himoyasi uchun ko’rsatgan jasorati, mardlik, insonparvarlik tuyg’ulari haqida so’zlab berildi.

Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad vatan himoyasi yo’lida qurbon bo’lgan mard o’g’lonlarni xotirlash, yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg’ularini mustahkamlashdan iborat.