«Jasorat» talaba-yoshlar klubi yig’ilishi bo’lib o’tdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida korrupsiyaga qarshi kurashish «komplayens nazorat » tizimini boshqarish bo’limi qoshidagi «Jasorat» talaba-yoshlar klubi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Klub tashkiliy faoliyatiga bag’ishlangan yig’ilishda filialning Korrupsiyaga qarshi kurashish «komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo’limi bosh mutaxassisi S.Kadirova va Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi N.Eshimova ishtirok etishdi.

Klubning asosiy maqsad va vazifalari talaba-yoshlar o’rtasida ijtimoiy sog’lom muhit hamda korrupsion holatlarga nisbatan toqatsiz kayfiyatni, mazkur jarayonlarda jamoatchilik nazoratini shakllantirish va filial talabalari uchun korrupsiyaning mazmun-mohiyati va uning jamiyat barqarorligiga salbiy ta’siri haqida tushunchalar berib borishdan iborat.