Millat maʼrifat bilan tirikdir

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialining katta majlislar zalida zakovat klubi rahbari Z.Xatamova hamda Yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat va maʼrifat bo‘limi xodimlari tomonidan Jadid maʼrifatparvarlari hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Millat maʼrifat bilan tirikdir” nomli tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda dotsent Z.Xatamova  tomonidan jadidlar haqida slayd namoyish etildi, KIF tyutorlari va 680.681-682-23 guruh talabalari tomonidan esa maʼrifatparvar jadidlarga bagʻishlab sheʼrlar, sahna koʻrinishlari ijro etilib, mumtoz qoʻshiqlar yangradi.