Ichki nazorat va monitoring bo’limining asosiy vazifalari.
TATU Farg’ona filialida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, vazirlikning Xay’at qarori, buyruqlari va boshqa xujjatlari, shuningdek filial ichki buyruqlari va qarorlarining bajarilishi monitoringini olib borish;
filial professor-o’qituvchilar va o’quv-yordamchi xodimlar tarkibi ichki inspektsiyasini tashkil qilish va o’tkazish;
kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasiga nisbatan qo’yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlariga va boshqa me’yoriy xujjatlarga amal qilinish nazoratini va monitoringini olib borish;
filialda ta’lim standartlarini joriy etish masalalari bo’yicha fakulьtetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo’linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish;
filialning boshqarish organlariga ta’lim jarayonini islox qilish va takomillashtirish bo’yicha taxliliy materiallar va takliflar tayyorlash;
filial bo’yicha buyruqlar ijrosi nazoratini olib borish;
filialda o’quv jarayonini taxlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha bo’linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish;
professor-o’qituvchilar faoliyatini baxolashning reyting usullarining etilishini amalga oshirishda ishtirok etish;
kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish va xal qilish bo’yicha aniq faktlarni filial rahbariyatiga taqdim etish;
filial fakulьtetlari va kafedralarida xamda bo’lmlarida ta’lim standartlari va ta’limga oid me’yoriy xujjatlariga amal qilinishini tekshirish;
filial ilmiy kengash va boshqaruv yig’ilishlarida, fakulьtet va kafedralar yig’ilishlarida ishtirok etish;
filial faoliyati bo’yicha fakultetьlar, kafedralar va bo’limlaridan o’z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli xujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish;
kurs loyixasi ( ishlari ), bitiruv malakaviy ishlarni xamda magistrlik dissertatsiyani ximoya qilish, davlat attestattsiyalarining o’tkazilishini va barcha turdagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarni ko’rib chiqish;
o’z xuquqi doirasidagi masalalarni joylarda o’rganish uchun belgilangan tartibda filialning malakaviy professor-o’qituvchilari va xodimlarini jalb qilgan xolda guruxlar tuzi.