Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU Fargʼona filiali Talabalar turar joyi Аxborot resurs markazida 1-mart Zulfiyaxonim tavalludining 106 yilligiga bagʼishlab tadbir o’tkazildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʼona filiali Talabalar turar joyida Аxborot resurs markazi xodimlari va talaba qizlar ishtirokida 2021-yil 2-mart kuni Zulfiyaxonim tavalludining 106 yilligiga bagʼishlangan tadbir oʼtkazildi.

Tadbirni Аxborot Resurs Markazi direktori H. Аripdjanova ochib berdi. Shundan soʼng tadbirni АRM xodimi M. Xolxodjaeva davom ettirib, tadbir qatnashchilarini yaqinlashib kelayotgan 8- mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklab, isteʼdodli adiba Zulfiyaxonim ijodiy faoliyati haqida soʼzlab berdi.

Tadbirni TT va KT fakulteti Dasturiy injiniring yoʼnalishi 651-18 guruh talabasi Komilova Oʼgʼilxon oʼzining innovatsion loyihasi haqidagi maʼruzasi bilan davom ettirdi. Komilova Oʼgʼilxon “Tashxis.com” IT sohasida Start up biznesini rivojlantirish yoʼllari, aholi orasidagi muammolarni aniqlash va yechim berish yoʼllari, IT yoʼnalishidagi yechimlar inson hayotini qay darajada yengillashtirishi va aholi salomatlik darajasini orttirishdagi oʼrni haqida soʼzlab berdi. Tadbir ishtirokchilarda katta qiziqish uygʼotdi.