Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali iqtidorli talabalaridan biri, Islomjon Muhammadjonov

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining respublika bosqichida “Yoshlar daftari” tizimi asosida samarali ish tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi” yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan eng yaxshi yoshlar yetakchi ko‘rik tanlovi viloyat bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Islomjon Muhammadjonov ibratli talaba mehnatkash, izlanuvchan va kamtar inson sifatida ustozlar va talabalar o‘rtasida hurmat qozongan. Mehnati, shijoati, tirishqoqligi va tashkilotchiligi bilan boshqa yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.