Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali talabalari Farg‘ona viloyati Islom Karimov nomidagi teatr-kontsert saroyiga tashrif buyurdilar

2021-yil 30-yanvar kuni Farg‘ona viloyati Islom Karimov nomidagi teatr-kontsert saroiyga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining 200 nafar talaba-yoshlari tashrif buyurdi.

Tashrif mobaynida O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘zbekiston Qaxramoni Said Ahmadning “Ufq” nomli spektakli keng omma va talaba-yoshlarga taqdim etildi. Filial talabalari ushbu spektaklni yuqori darajadagi qiziqish bilan tomosha qildilar. Spektakl va undagi qahramonlar talaba-yoshlar uchun ma’naviy ozuqa hamda ularning ongida keng ta’surot qoldirdi.