2021-yil 08-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini va OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tezkor-profilaktik tadbiri” tashkil etildi. Tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali direktori A. Rasulov, Farg‘ona viloyati Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Mayor A. K. Kazimov, Farg‘ona viloyati Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Mayor S. S. Yuldashev, Farg‘ona viloyati Ichki ishlar bo‘limi, Jinoyat qidiruv bo‘lim boshlig‘i A. Yuldashev, viloayt ichki ishlar bo‘limi Jinoyat qidiruv bo‘lim xodimlari podpolkovnik O. Azimov, podpolkovnik A. Temirzakov, Narkologiya dispanseri doktori A. Toxirov, Viloyat OITSga qarshi kurash markazi mutaxassisi vrachi A. Akbarov hamda akademik guruh murabbiylari va talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali direktori A.Rasulov ochib berib, so‘zni Farg‘ona viloyati Narkologiya dispanseri doktori A. Toxirovga berdi.
Farg‘ona viloyati Narkologiya dispanseri doktori A.Toxirov — Giyohvandlik nima va u qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? Giyohvandlik ruhiy faol moddalarni shu jumladan narkotik giyohvand moddalarni suiste’mol qilish natijasida yuzaga keladigan surunkali zaxarlanishdir. Bemorlar shunday moddalarni iste’mol qilishga ruju qo‘yganligi shu moddalarga ruhiy va jismoniy qaram bo‘lib qolganligi, neytrotropik moddalarga tolerantligi kuchayib borishi natijasida ular miqdorini asta sekin ko‘paytirib borishi, shu bilan birga ruhiy kasallanish tufayli shaxsning inqirozga uchrashiga olib boruvchi xususiyatlari bilan ta’riflanadi. Giyohvandlikka – giyohvand moddalar jumlasiga kiruvchi dorilar yoki boshqa moddalarni suiste’mol qilish natijasida yuzaga keladigan kasalliklar kiradi. Giyohvandlik – ayrim turlarining klinik ko‘rinishlari ularning rivojlanishlari, avvalo shu moddalar va ularning suiste’mol qilish yuzaga keladigan kasalliklar bilan bog‘liq bo‘ladi. Umumiy alomatlari natijasida giyohvandlikning barcha turlari asosida birlashadi. Giyohvand modda iste’mol qilgandan so‘ng giyohvandlikning barcha turlarida kuzatiladigan umumiy alomatlar bilan tavsiflanadigan narkotik sarxushlik alomati yuzaga keladi. Narkotik sarxushlikning klinik ko‘rinishlari yuqori kayfiyat, hayolparastlik, ko‘p kulish, telbalik, harakatning tezlashuvi yoki unga qarama-qarshi lanjlik, qadam tashlashi o‘zgaruvchanligi bilan namoyon bo‘ladi. Ba’zida badjaxillik, tajovuzkorlik kuzatiladi. Teri qoplamining qizarishi yoki rangparligi, ko‘zining xiralashuvi va kengayishi mumkin. Giyohvandlikka xos – tana reaktivligini o‘zgarishidan yuzaga chiqariladigan dorivor va boshqa moddalarga bo‘lgan ruhiy va jismoniy qaramlik tolerantlikning o‘zgarishi umumiy alomatlar asosida yotadi. Ruhiy qaramlik – narkotik ta’sir yoki ruhiy kelishmovchilikni yo‘qotish maqsadida moddalarni iste’mol qilishga intilishdan iborat. Eng kuchli giyohvand moddalarga nasha va markaziy asab tizimi ishini kuchayturuvchi moddalar kiradi. Jismoniy qaramlik – jismoniy va ruhiy o‘zgarishlar ko‘rinishida yuzaga keladigan giyohvand moddalarni surunkali iste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan holatdir. Bu holat giyohvand moddalarni iste’mol qilgandan so‘ng kelib chiqadi. Bu holat giyohvand moddani navbatdagi miqdorini berish bilan bartaraf etiladi. Ma’ruzachii hozirgi kunda zamonaviy individual reja asosida davolash prinsiplar psixoterapiyaning yangi metodlari, masalan: surunkali alkogolizm, giyohvandlikka chalingan bemorlarni kunduzgi bo‘lim stasionar bo‘limida ixtiyoriy tarzda davolanish mumkinligini, xufyona tarzda davolanishlari mumkinligini ta’kidladi.
Tadbir davomida Viloyat OITSga qarshi kurash markazi mutaxassisi doktori A. Akbarov — Davlatimiz tomonidan 2008 yil 26 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, ushbu kasallikka qarshi kurash markazlari, diagnostika laboratoriyalarining moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlayotgani, onadan bolaga OIV yuqishining oldini olish, OITS bilan xastalangan bemorlarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish ishlari yanada takomillashtirildi. “XXI asr vabosi” nomini olgan OITS kasalligi, OIV/OITS infeksiyasi profilaktikasi va mehnat migrantlari, ularni oila a’zolari hamda nikohlanuvchilar o‘rtasida OIV/OITS infeksiyasini oldini olish hamda mamlakatimizda ushbu kasallikka qarshi kurashish uchun qanday chora tadbirlar amalga oshirilayotganligi, olib borilayotgan ishlarning qay darajada samarali bo‘layotganligi xususida ta’kidlandi. “O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasini oldini olish chora-tadbirlari va tibbiy yordamni tashkil etishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zR SSVning 123 –sonli buyrug‘i (2016 yil 25 mart) “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta’minlashga va OIV infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi, OIV infeksiyali bemorlarni davolash, ularni parvarish qilish hamda kasallik o‘chog‘ida epidemiyaga qarshi tadbirlar samaradorligini yanada oshirishga yo‘naltirilgani haqida to‘xtalib o‘tdi. OITS tarqalishining oldini olish, unga chalingan bemorlarni tibbiy-ijtimoiy muhofazalash, sanitariya-gigiyena madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni giyohvandlik va boshqa illatlar ta’siridan asrash haqida batafsil so‘z yuritildi.
Tadbir so‘ngida Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor S.S.Yuldashev — Yurtboshimiz yoshlarga yuksak ishonch bildirib: «Farzandlarimiz, yoshlarimiz bizning nafaqat ishonchimiz va kelajagimiz, yoshlarimiz bugungi va ertangi kunimizning «Xal qiluvchi kuchidir», deya ta’kidlaganlarida bugungi avlod vakillari aynan ana shunday fazilatlarga ega bulishi lozimligini nazarda tutganliklari, shubhasiz.
Avvalo shuni aytish lozimki, (giyoxvandlik insoniyat uchun eng xavfli va og‘ir oqibatlarga olib keluvchi ofat sifatida jaxon xalqlarini tashvishga solmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Giyohvand xumori tutganda zaxri qotilni ko‘lga kiritish uchun qotillik, bosqinchilik, talonchilik, o‘g‘irlik, firibgarlik va boshqa og‘ir turdagi jinoyatlarga qo‘l uradi. Xatto ota —onasi, aka —ukasi va boshka yaqinlarining joniga qasd qilishgacha boradi. Og‘u iste’mol kilishi oilaning barbod bo‘lishi, farzandlar mayib —majrux bo‘lib tug‘ilishiga olib keladi, inson ota —onasi, qarindoshlari va do‘stlaridan yuz o‘giradi, xotirasi yuqoladi, xech narsaga qizikmay qo‘yadi, behayolik, diyonatsizlikka yuz tutadi deb o‘z so‘zini tugatdi.
Ma’ruzalardan so‘ng tadbir ishtirokchilariga IIB tomonidan tayyorlangan mavzuga oid videorolik namoyish etildi. Unda giyohvandlikning salbiy oqibatlari, OITS kasalligining achinarli qirralari, olib borilayotgan profilaktik ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berilgan, aniq shaxslar misolida mavzu ochib berilgan videolavhani barcha yig‘ilish ishtirokchilari katta e’tibor bilan tomosha qildilar.