Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialiga Marg’ilon shahar ko’p tarmoqli texnikumining «Kompyuter injiniringi» yo‘nalishi 5.20-guruh 1-kurs talabalari tashrif buyurdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021-yil 6-yanvar kunidagi hamda viloyat hokimining 2021 yil 16 yanvar kunidagi topshirig‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida 2020-yil 25-dekabr kuni mamlakatimiz yoshlari bilan videoselektor tarzida o‘tkazilgan O‘zbekiston yoshlari Forumining 100-son bayonida belgilangan vazifalar mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida yoshlarni ma’naviy ongini yuksaltirish, ularni oliy ta’lim muassasalari va undagi ta’lim tizimi jarayonlari  haqidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish maqsadida Marg’ilon shahar ko’p tarmoqli texnikumining maxsus fan o’qituvchisi Sadirov Xasanjon Baxromjon o‘g‘li boshchiligidagi «Kompyuter injiniringi» yo’nalishi 5.20-guruh 1-kurs talabalari bilan 2021-yil 19-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Tashrif mobaynida o‘quvchilar oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayonlari, filial auditoriyalari hamda filialda tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlar bilan yaqindan tanishdilar. Shu bilan birgalikda maktab o‘quvchilariga filialning Laboratoriyaga mo‘ljallangan auditoriyasida Axborot texnologiyalari kafedrasi Professori D. Xalilov tomonidan maktab bitiruvchilariga filialdagi o‘qish jarayonlari hamda imkoniyatlari yuzasidan axborot berildi.  jumladan Axborot texnologiyalari kafedrasi Assissenti A. Abdulhamidov hamda  filial matbuot kotibi B. Turg‘unovlar tomonidan o‘quvchilarga axborot texnologiyalari, bugungi kunda filialda joriy etilgan fakultetlar hamda yo‘nalishlar bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, filial Axborot xizmati rahbari tomonidan filialning ichki tartib qoidalari va kredit ta’lim tizimi bo‘yicha tushunchalar berildi.