Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialiga Samarqand davlat chet tillar instituti Professori, Pedagogika fanlar doktori Mahmudjon Lutfullayev tashrif buyurdi

2021-yil 25-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali, kichik majlislar zalida Samarqand davlat chet tillar instituti Professori, Pedagogika fanlar doktori Mahmudjon Lutfullayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mobaynida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida oliy ta’lim muassalaridagi bugungi o‘zgarishlar, erishilayotgan natijalar, professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari shuningdek, ertangi kunimiz bo‘lgan yoshlar faoliyati bilan qiziqishdi. Ma’lumki, har qanday jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi eng katta kuchi, ushbu jamiyatning kelajagi bilan bog‘liq bo‘lgan yosh avlodning sog‘lom va barkamol rivojlanishidir. Shu ma’noda bugungi tashrif doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida magistratura bosqichi talaba-yoshlari bilan suhbat olib borildi. Suhbat jarayonida talabalar tomonidan o‘zlarining yaratayotgan dasturiy mahsulotlari, ertangi rejalari, soha korxonalar bilan amalga oshirilayotgan hamkorliklari yuzasidan fikrlar bildirishdi.