Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali «Telekommunikatsiya injiniringi» kafedrasi professor-o‘qituvchilari Sh. Rashidov nomli Mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdilar

2021-yil 15-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali «Telekommunikatsiya injiniringi» kafedrasi professor-o‘qituvchilari Sh. Rashidov nomli Mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdilar.

Farg‘ona shaharining Sh. Rashidov nomli Mahalla fuqarolar yig‘inlardagi  “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi mudiri O.S.Rayimjonova va kafedra katta oʼqituvchisi U. Iskandarovlar tashrif buyurdilar va “Sh. Rashidov” nomli Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Qodirova Irodaxon bilan uchrashdilar. Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan olib borilayotgan ishlar va topshirqlar bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.  

O. Rayimjonova va U. Iskandarovlar Mahalla fuqarolar yig‘ini “Temir daftar”, “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan tanishdilar va shu o‘rinda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali tomonidan tashkil etilayotgan kurslarga shu xududda yashovchi uyushmagan yoshlardan 20 ta sport to‘garaklariga jalb qilish, 10 ta ingliz tili kurslariga jalb etish, 50 ta Аxborot kommunikatsion texnologiyalari to‘garagiga, 12 tasini badiy xavaskorlik o‘qishiga va tadbirkorlik va kasbiy ko‘nikmalarni shakillantirish kurslariga “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Аyollar daftari ”ga kiritilgan oilalarning farzandlari jami 122 ta yoshlarni band etish uchun ro‘yhat shakllantirilishi ustida kelishib olindi.