Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali va Ukraina universiteti bilan memorandum imzolanish bo‘yicha suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbatda filialimiz “Kompyuter injiniringi” fakulteti dekani Otaqulov O.X. va Ukraina universiteti “Kompyuter texnologiyalari” instituti direktori Vyacheslav Polinovskiy hamda Ukraina universiteti professori Olga Vedeneeva bilan muzokaralar olib bordi. Memorandumda ilmiy-innovatsiya va ta’lim tizimida kelishuvlar olib borilishi kerakligi aytib o‘tildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Axborot xizmati