Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida 16-20-oktabr kunlari InnoWeek.uz-2023 xalqaro innovatsion loyihalar haftaligi bo‘lib o’tdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida 16-20-oktabr kunlari InnoWeek.uz-2023 xalqaro innovatsion loyihalar xaftaligi bo‘lib o’tdi. Unda Filial iqtidorli talabalari, professor-o‘qituvchilarning “StartUp loyihalar va ratsionalizatorlik g‘oyalari” va “E-DMS (Electronic data management system)» tanlovi tashkillandi.

Tanlovga ishtirok etish uchun filial professor-o‘qituvchilari va talabalaridan 20 dan arizalar kelib tushdi. Shuningdek, haftalik doirasida “Fan, ta’lim va ishlab chiqarishning raqamli transformatsiyasi” nomli filial miqyosidagi konferensiya bo’lib o‘tdi. Unda 300 dan ortiq tezislar bilan professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Shu haqida Farg’ona telekanalining «Mobile Rakurs» informatsion dasturi orqali maxsus lavha tayyorlanib efirga uzatildi.