Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining 1-o‘quv binosida tahsil olayotgan Kompyuter injiniringi fakulteti hamda O‘zbek-Belarus qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti talabalari uchun o‘qish jarayoni 2021-yil 27-apreldan 2 hafta muddatga onlayn shaklga o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Farg‘ona shahar boshqarmasining 2021 yil 26 apreldagi tavsiyasiga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining 1-o‘quv binosida tahsil olayotgan Kompyuter injiniring fakulteti hamda O‘zbek-Belarus qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti talabalarini o‘qish jarayoni 2021 yil 27 apreldan 2 hafta muddatga onlayn shaklga o‘tkaziladi.

Hurmatli talaba-yoshlar, 2021 yil 27 apreldan 2 hafta muddat davomida darslar ZOOM dasturi hamda http://moodle.fbtuit.uz tizimi yordamida tashkil etiladi.

Masofaviy ta’lim olishga imkoniyati mavjud bo‘lmagan talabalar professor-o‘qituvchilar tomonidan tashkil qilingan telegram guruhlari orqali fanlarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Asos: TATU Farg‘ona filiali direktorining 2021 yil 26 apreldagi “O‘quv jarayonini masofaviy tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i.