Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialining katta majlislar zalida 9-fevral kuni O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi va Axborot resurs markazi, Yoshlar bilan ishlash va ma‘naviyat bo‘limi xodimlari tomonidan Alisher Navoiy buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni, davlat arbobi sifatida ishlar olib borgan buyuk tarixiy shaxsning 583-yilligiga bag‘ishlangan “G‘azal mulkining sultoni”, “Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi” nomli ijodiy-badiiy va ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda talaba-yoshlardan tomonidan Navoiy g‘azallari, ruboiylaridan namunalar o‘qildi, iqtidorli talabalar ijrosida shoir she‘riyati asosida yaratilgan qo‘shiqlar aytildi, mumtoz musiqalar yangradi. Yoshlar bilan ishlash ma‘naviyat va ma‘rifat bo‘limi va talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari buyuk shoir faoliyatiga bag‘ishlandi.