Oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʼrtasida oʼtkazilgan “Munozara” turnirida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU Fargʼona filiali jamoasi faol ishtirok etdi

Oʼzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʼgʼrisidagi Qonuni ijrosini taʼminlash, mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qoʼyishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, yoshlarni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning zamonaviy axborot texnologiyalari savodxonligini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish kabi dolzarb vazifalarni oʼz ichiga olgan beshta muhim tashabbusni amalga oshirish maqsadida 2020-yil 23-dekabr kuni Yoshlar ishlari agentligi Fargʼona viloyati boshqarmasi faollar zalida oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʼrtasida oʼtkazilgan “Munozara” turnirida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU Fargʼona filiali jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 2-oʼrinni egalladilar. Turnirda faol ishtirok etgan jamoa aʼzolari Kompyuter injiniringi fakulteti 3-bosqich talabalari N.Esonov, D.Karimov va Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy taʼlim fakulteti 2-bosqich
talabasi O.Maxkamovalar faxriy yorliq va estalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.

KIF yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosari N.Ibragimov