O‘zliDeP va TATU Farg‘ona filiali hamkorligi

🔹 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida Farg‘ona shahar O’zliDeP Farg‘ona shahar Kengashi apparat hodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida belgilab berilgan muhim masalalar, yosh kadrlar zahirasini shakllantirish bo‘yicha davra suhbati bolib otdi.

🔹 Davra suhbatida O‘zliDeP Farg‘ona shahar kengashi raisi o‘rinbosari G.Mamatqulov, Xalq deputatlari Farg‘ona shahar deputati B.Bahodirov Partiyaning Farg‘ona shahar apparat rahbari Sh.Komilova, TATU Farg‘ona filiali media markaz rahbari A.Salmonov, tyutorlar va matbuot kotibi qatnashdi.