Rezident korxonalar ishtirokida filial talabalari uchun master klass hamda davra suhbatlari tashkil etildi

🔰 Sentyabr oyidan 2023-2024 o’quv yilida IT Park Farg’ona filiali bilan hamkorlikda viloyatdagi 70 dan ortiq Rezident korxonalar ishtirokida filial talabalari uchun master klass hamda davra suhbatlari tashkil etish rejasi ishlab chiqilgan edi.

♻️ Ushbu rezidentlar ishtirokidagi 1-MeetUp tashkil etildi. Spiker sifatida Ali Dizayn akademiyasi rahbari Muhammadali Shamsutddinov tashrif buyurib, grafika dizayn sohasi hamda ushbu yo’nalishda chet el platformalarida frilanserlik qilish imkoniyatlari haqida talabalarga o’z bilim va tajribalarini ulashdi.

✅ Shunday qilib butun o’quv yili davomida filialda har hafta IT Park Farg’ona filiali rezidentlari ishtirokidagi meetUplar guvohi bo’lishingiz mumkin.