Sharda Universitet va TATU Farg‘ona filiali memorandum imzolandi

🎫 Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi tashabbusi bilan Sharda Universitet vakillari TATU Farg‘ona filialiga tashrif buyurdi.

🧾 Vakillar hamda oliygohimiz talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda magistrlarga Sharda universitetidagi ish o‘rinlari hamda bakalavrlarga magistratura dasturlari haqida maʼlumot berib o‘tildi.

✅ Tadbirda Sharda Universitet rektori Dr.Sanjay Pal va marketing bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.

🏛 Ikki oliy taʼlim muassasasi o‘rtasida memorandum imzolandi.

Tadbirdan so‘ng mehmonlar oliygohda olib borilayotgan islohotlar, o‘zgarishlar bilan tanishishdi