Sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini tanavvul qilmang!

Xalqimiz salomatligining eng muhim vazifalaridan biri, oziq-ovqat xavfsizligini doimiy nazorat qilib borishdir. Bu borada joriy yilning o‘tgan 10 oyida shahar xududidagi bozorlar, oshxonalar, savdo do‘konlarida tegishli tashkilotlar bilan birgalikda sanitariya holatlarini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, mavsumga qarab Farg‘ona shahar IIOFMB, FVB, SEO va JSM, veterinatiya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘lim hamda bozorlar xodimlari bilan hamkorlikda reydlar tashkil etib kelinmoqda. Reydlar davomida sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari sotuvdan olib ishchi gurux tomonidan belgilangan tartibda yo‘q qilinmoqda.

Aholi o‘rtasida ovqatdan zaharlanish va botulizm kasalligini oldini olish maqsadida barcha mahallalarda targ‘ibot ishlari o‘tkazib kelinmoqda. Ko‘rilayotgan choralarning barchasi xalqimiz salomatligini muhofaza qilishga qaratilganligini inobatga olib, shahrimiz fuqarolaridan shuni so‘rab qolamizki, sifat sertifikati bo‘lmagan tez aynuvchi oziq-ovqat maxsulotlarini sotib olish hamda tanavvul qilishdan oldin uning oqibati qanday holatlarga olib kelishi, vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmasa insonning vafot etishigaga olib kelishi mumkinligini anglab yetishlarini so‘rab qolamiz!

Farg’ona shahar FVB PNB inspektori kapitan B.Komilov