Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi

AMIR TEMUR TARIXIY MEROSI VA HOZIRGI ZAMON

Amir Temur o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi hisoblanadi.

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari B.Tolipov so‘zga chiqib, Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyati, amalga oshirgan buyuk ishlari yuzasidan ma’lumotlar berib o’tdi.

Tadbirda talabalar tomonidan «Sohibqiron» dramasidan parcha namoyish etildi hamda Vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.