Start-Up loyihalar tanlovining birinchi bosqichi yakunlandi

TATU Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalar o‘rtasida mukofot miqdori 20 mln. so’m bo’lgan “REAL-TIME DEVELOPMENT» nomli ichki Start-Up loyihalar tanlovining birinchi bosqichi bo‘yicha bajarilgan ishlar ishchi komissiya tomonidan ko’rib chiqildi.

Ushbu bosqichda tanlov ishtirokchilari “E-Universitet” nomli tizim uchun dizayn va foydalanuvchi interfeysini yaratish borasida bellashdilar.