TT va KT fakultetining sirtqi ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabalari bilan ochiq muloqot o’tkazildi

✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiylari universiteti Farg‘ona filiali TT va KT fakultetining sirtqi ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabalari bilan ochiq muloqot o’tkazildi.

🟢Ochiq muloqotda TT va KT fakulteti dekani F.Muxtarov, dekan o‘rinbosarlari, direktor maslahatchisi A.Usmonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi boshlig’i I.Qaxxorov va talabalar ishtirok etdilar.

🟢Ushbu ochiq muloqotda barcha talabalarga o’quv jarayonlari va kredit modul tizimi haqida tushunchalar berildi.

🟢Shu bilan bir qatorda sirtqi ta’lim yo’nalishi talabalariga oraliq va yakuniy nazoratlarda shaffoflikka qat’iy rioya qilishlari ta’kidlandi. Talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan javoblar olishdi.