Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialining O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi “Yangi O‘zbekistonda -inson huquqlari” maxsus kurs dasturida qo‘yilgan talablarga asosan 6 soatlik nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Kafedra dotsentlari G.Kochkarova, I.Rustamov, I.Tishabayeva, Sh.Xolmatov, assistent O.Inamovlar tomonidan 2023-yilning 1-5-dekabr kunlari quyidagi mavzularda ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi:
- Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish modeli.
- Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari.
- O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari.
- Bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy va xalqaro normalar.
- O‘zbekistonda nogiron shaxslarning huquqlari,erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
- Yangi O‘zbekiston va demokratiya



