“Yilning eng yaxshi filial direktori” sifatida TATU Farg’ona filiali direktori e‘tirof etildi

Xabaringiz bor, 2023-yil yakunida Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash telegram kanalida (https://t.me/YQQUZB_KANAL/14700) eng yaxshi OTM rektori va direktorini aniqlash maqsadida an‘anaviy ovoz berish tanlovi o‘tkazildi. Unda mamlakatimiz bo‘ylab barcha talabalar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘zlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdilar.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra “YILNING ENG YAXSHI FILIAL DIREKTORI” g’olibi sifatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali direktori Muxtarov Farrux Muhammadovich e‘tirof etildi.

Yoshlarni qo’llab-quvvatlash loyihasi asoschisi Egamnazar Abulboqiyev filial jamoasi va F. Muxtarovni samimiy qutlab, oltin statuetka, diplom va talabalar uchun 20 million so‘mlik sertifikatni taqdim etishdi.