Germaniya davlati ta’limni rivojlantirish bo‘yicha mutaxasis-pedagog olim, professor Ursula Klotz tashrif buyurdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali rahbariyati va Xalqaro aloqalar bo‘limi tashabbusiga binoan 2022 yil 10 oktabr kuni Germaniya davlati ta’limni rivojlantirish bo‘yicha mutaxasis-pedagog olim, professor Ursula Klotz tashrif buyurdi.

🇺🇿Ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad o‘zaro hamkorlik, ilmiy-tadqiqot, akademik tajriba almashinuv, talabalar Bitiruv malakaviy ishi (BMI) va Magistrlik dissertatsiyasi (MD) ishlarini olib borishda ijodiy ko‘maklashish kabi masalalar muhokama etildi.

Bundan tashqari, filialning bitiruvchi guruh talabalariga mutaxassislik sohalari kesimida Master klass (mahorat) darslari olib borildi.

🇺🇿Shuningdek, professor Ursula Klotz honim bilan filial professor-o‘qituvchi, tadqiqotchi hamda talabalarining dissertatsiya, bitiruv malakaviy ishlariga ilmiy rahbar-maslahatchi, maqolalar yozish yuzasidan o’zaro hamkorlik qilish kabi masalalar bo‘yicha samarali muloqotlar olib borildi.