Toshkent shahrida GO Viral Central Asia loyihasi ostida, Muxammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Axborot Resurs markazi xodimasi Sohiba G‘anieva hamda Kompyuter injiniringi fakuteti 4-bosqich talabasi Kenjayeva Farangizaning hayoti va ijodiy faoliyatlari haqida “Bulutlar ortida” deb nomlangan hujjatli filmi namoishi bo‘lib o‘tdi

2021 yil 17-iyun kuni Toshkent shahrida GO Viral Central Asia loyihasi ostida, Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Axborot Resurs markazi xodimasi Sohiba G‘anieva hamda Kompyuter injiniringi fakuteti 4-bosqich talabasi Kenjayeva Farangizaning hayoti va ijodiy faoliyatlari haqida “Bulutlar ortida” deb nomlangan hujjatli filmi namoishi bo‘lib o‘tdi. Film Kenjayeva Farangizaning ijodiy faoliyati, erishgan yutuqlari hamda Sohiba G’anievaning ijodiy faoliyati va yozgan badiy kitoblari va hayoti haqida bo’lib, ijodkor qirq uch yoshda ham inson orzulari tomon qadam tashlashi mumkinligi, to‘siqlardan cho‘chimasligi haqida so‘zlab berdi. Ushbu film namoyishida yurtimizda faoliyat yuritayotgan bir nechta xorijiy davlat fuqarolari qatnashdi. Film taqdimotidan keyin AQSH elchixonasi vakili 2-kotib Syuzanna Vud xonim kitob haqida o‘zning ijobiy fiklarini bildirdi. Ushbu film onlayn tarzda internet tarmog‘i orqali beshta davlatga, ular jumlasida Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston hamda AQSH, namoyish qilindi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati