Viloyatimizda “Yil ayoli” milliy tanlovi bo‘lib o‘tdi

👩‍💻 Tanlovda viloyat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli xotin-qizlarni, jumladan, yuksak ma’naviyatli, oila va farzand tarbiyasida ibrat ko‘rsatish bilan birgalikda o‘zi faoliyat yuritayotgan mehnat jamoasi nufuzini oshirishda tashabbuskorlik ko‘rsatayotgan turli soha egalarini qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, munosib taqdirlash hamda bu boradagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy “Yil ayoli” milliy tanlovida mavjud 19 ta tuman-shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 152 nafar ishtirokchi qatnashdi.

🗣 Tanlovda filialimizning har jihatdan ibratli olima ayollari ham ishtirok etdilar. Yilning eng dasturchi ayoli nominatsiyasida Roziyaxon Nurdinova hakamlar xayati sifatida ishtrok etdi. Yilning eng faol oilma ayoli nominatsiyasi bo’yicha Odinaxon Rayimjonova o‘z bilim va salohiyatini namoyish etdi.