Rais:
Rustamov Ilxomidin Abduqodirovich
Qabul vaqti: Dushanba – Juma 15:00 – 17:00
Telefon: (+99894) 444-00-44
E-mail: iarustamov@mail.ru
Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining faoliyati to‘g‘risida
Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolarini mehnat faoliyatidagi ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qiladi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi (TATU FF BKUQ)ni professor – o‘qituvchilar, doktorantlar, ishchi xodimlar hamda filialda ko‘p yillar davomida mehnat qilgan pensionerlar tashkil qiladi.
BKUQ tarkibi 6 ta faollardan iborat.
Filial rahbariyati xodimlarning manfaatlariga taalluqli bo‘lgan qarorlar qabul qilishdan oldin kasaba uyushma qo‘mitasi bilan birgalikda ish olib boradi. Kasaba uyushma qo‘mitasining takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqadi hamda mehnat masalalarida, filial rahbariyati filial faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha va boshqa ijtimoiy – siyosiy masalalar yuzasidan zarur bo‘lgan axborotlarni kasaba uyushma qo‘mitasiga taqdim etib boradi.
Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasiga a’zo bo‘lgan xodimlar uchun:
Kasaba uyushma a’zolarining huquqlari va vazifalari:
Kasaba uyushma qo‘mitasi filial ma’muriyati bilan kelishilgan holda quyida keltirilgan qarorlarni ko‘rib chiqadi:
Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar:
BKUQ ish faoliyati davrida filialning kam ta’minlangan ishchi – xodimlari hamda talabalari o‘rganib borilib, ularga filial rahbariyati bilan kelishilgan holda moddiy rag‘batlantirish amalga oshirilib kelinadi.
Filialda ko‘p yillar davomida ishlab nafaqaga chiqqan yolg‘iz keksalar KOMITETning e’tiborida turadi. Har yili ularning holidan xabar olinib, moliyaviy imkoniyat darajasida moddiy yordam ko‘rsatiladi.
Filialda BKUQ ishchi – xodimlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida quyidagi ishlarni nazorat qilib boradi:
BKUQ ishchi – xodimlarni mehnat intizomiga rioya qilish maqsadida ularga qo‘mita faollari bilan birgalikda tushuntirish ishlarini olib boradi va yuzaga kelgan muammolarni o‘rganib chiqadi. Jiddiy holatlar BKUQ ninig Kengash yig‘ilishida ko‘riladi va direktoratga taklif beriladi.
BKUQ yil davomida mehnat xavfsizligini doimiy ravishda nazorat qilib boradiTibbiyot shahobchadagi vrach va hamshiralarning ish faoliyati nazorat qilinadi.
Ishchi – xodimlarning oylik maoshlari va avanslarini o‘z vaqtida berilishi nazorat qilinadi.
BKUQ ishchi – xodimlarning mehnat ta’tilini o‘tkazish davrida va sog‘liklarini tiklash uchun sanatoriya va dam olish uylariga imtiyozli yo‘llanmalar ajratadi.
BKUQ filialdagi mavjud ovqatlanish joylarini doimiy ravishda nazorat qilib boradi, ya’ni oshxonalarning sanitar holati, ovqatlarning sifati bo‘yicha va ovqatlarning narh – navolarini nazorat qiladi.
BKUQ hozirgi kunda ma’naviy — ma’rifiy ishlarga katta e’tibor berilayotganini inobatga olib, yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatni qo‘llab – quvvatlash, ota – bobolarimiz tomonidan saqlab kelingan tariximiz va me’moriy obidalarni asrab – avaylash bo‘yicha ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bilan birgalikda tushuntirish ishlarini amalga oshirmoqda.
Talabalar va ishchi – xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida filial rahbariyati bilan kelishilgan holda har o‘quv yilining «Bilimlar kuni”da barcha guruhlarida Mustaqillik darslari o‘tkaziladi. Filialning gumanitar fanlar kafedralari o‘qituvchilari tomonidan «Ogohlik davr talabi”, «Xalqaro terrorizm, diniy ekstemizmning kelib chiqishi va unga qarshi kurashishning ma’naviy – ma’rifiy asoslari” mavzusida uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkaziladi.
BKUQ tomonidan respublikamizda belgilangan barcha bayramlarda bayram tadbirlari rejasi ishlab chiqilib, ularni tashkillashtiradi.
12 yoshgacha farzandlari bor ishchi – xodimlarga «Yangi yil archasi” bayram tadbirlariga chiptalar xarid qilib berish tashkil qilingan.
Tabarruk 55, 60, 70 va 80 yoshga to‘lgan ishchi – xodimlar jamoa oldida tantanali ravishda mukofotlanib boriladi.
Har yili 9 – may «Xotira va qadrlash” kuniga bag‘ishlab filial ishchi – xodimlaridan va filialda ko‘p yillar davomida ishlab ketgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga, baynalminalchi jangchilarga, front ortida mehnat qilgan va ularga tenglashtirilgan xodimlar moddiy rag‘batlantiriladi hamda bayram dasturxoni tashkil etiladi.