Hurmatli talaba-yoshlar! Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida Oliy ta’lim muassasalari talabalarining o’rtasida atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng targ‘ib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida  “Ma’rifat maydoni” Respublika tanlovi 1-bosqichi o’tkaziladi.

Tanlovning 1-bosqichida ishtirok etgan barcha jamoalarga oliy ta‘lim muassasasining sertifikatlari topshiriladi.

Tanlovning 2-bosqichida 1, 2, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalarga oliy ta’lim muassasasining diplomi va faol ishtirok etgan jamoalarga faxriy yorliqlari topshiriladi.

Tanlovning 3- mintaqaviy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa a‘zolari diplom, faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Respublika yakuniy final bosqichida 1, 2, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘olib bo‘lgan jamoalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan vazirlikning oliy ta‘lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi tartibda:

1-  o’rin — 12 million so’m,

2 — o’rin-  8 million so’m,

3 — o’rin — 6 million so’m pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun, filialning, Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limiga murojat qilishingiz mumkun.